Apple iPhone 17 Toshkentda
Apple yangi smartfonlar qatorini taqdim etdi – iPhone 17, ular tez orada Mediapark do‘konlarida xarid qilish uchun mavjud bo‘ladi. Yangi iPhone 17 yanada kuchliroq protsessor, takomillashtirilgan kameralar tizimi va yangi korpus ranglariga ega bo‘ldi. Mediapark'da siz ushbu qatorning barcha modellarini qulay narxlarda, kafolat va rasmiy qo‘llab-quvvatlash bilan xarid qilishingiz mumkin.
iPhone 17’ning asosiy xususiyatlari
Yangi A19 protsessori
iPhone 17 eng yangi Apple A19 protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, u kundalik vazifalar va o‘yinlarda maksimal unumdorlikni ta’minlaydi, shuningdek, yangi Apple Intelligence intellektual funksiyalari uchun optimallashtirilgan. Smartfon avvalgi avlodga qaraganda yanada tezroq va samaraliroq bo‘ldi.
Yangi avlod kamerasi
iPhone 17’ning asosiy kamerasi takomillashtirilgan stabilizatsiya va 4K/60 kadr/s formatda suratga olish imkoniyatiga ega 48 MP sensorga ega bo‘ldi. Qo‘shimcha ultra keng burchakli modul kadrda ko‘proq tafsilotlarni qamrab olish imkonini beradi, yangi 18 MP old kamera esa tiniq selfilar va videoqo‘ng‘iroqlarni ta’minlaydi.
Dual Capture (old va asosiy kameralarda bir vaqtda yozib olish) kabi yangi suratga olish rejimlari qo‘llab-quvvatlanadi.
Super Retina XDR displeyi
Displey kattalashdi, endi iPhone ProMotion texnologiyasi va 120 Hz’gacha yangilanish chastotasiga ega 6,3 dyuymli Super Retina XDR displeyi bilan jihozlangan (ilgari bazaviy modellar 60 Hz’ga ega edi). Maksimal yorqinlik 3000 nitga yetadi, bu esa hatto yorqin quyosh ostida ham a’lo darajada o‘qish imkonini beradi.
Dizayn va yangi ranglar
Yangi seriyada Apple yangi ranglar palitrasini taqdim etdi: Qora (Black), Lavanda (Lavender), Moviy (Mist Blue), Pista (Sage) va Oq (White). Korpus qo‘shimcha ravishda Ceramic Shield 2 oynasi bilan himoyalangan bo‘lib, u tirnalish va zarbalarga yanada chidamli bo‘ldi.
Qulay boshqaruv
Endi bazaviy qatorda Camera Control va Action Button tugmalari paydo bo‘ldi. Camera Control kamerani bir zumda ishga tushirish va zum yoki ekspozitsiyani boshqarish imkonini beradi, Action Button tugmasini esa sevimli funksiyalaringizga moslashtirishingiz mumkin: chiroqni yoqish, eslatma yozish yoki "Ovozsiz" rejimini faollashtirish.
Avtonomlik
Smartfon quvvatlantirmasdan 30 soatgacha video namoyish etishga qodir. Tez quvvatlash qo‘llab-quvvatlanadi: atigi 20 daqiqada 50% gacha (20 Vt va undan yuqori quvvatli adapter bilan).
iOS 26 va Apple Intelligence
iPhone 17 iOS 26 da ishlaydi, u yangi dizayn, qayta ishlangan "Foto" ilovasi, yangilangan Boshqaruv markazi va kengaytirilgan sozlash imkoniyatlarini taklif etadi. Yangi Apple Intelligence tizimi kundalik vazifalarni avtomatlashtirishga yordam beradi va smartfon bilan o‘zaro aloqani yanada qulayroq qiladi.
Avvalgi modellarga nisbatan afzalliklari
iPhone 16 bilan taqqoslaganda, yangi model yanada yorqinroq displey, va nihoyat, 120 Hz, kuchli A19 chipi, yaxshilangan old kamera va qo‘shimcha suratga olish rejimlarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yangilangan dizayn va yangi ranglar iPhone 17’ni yanada jozibador qiladi.
Toshkentda iPhone 17 xarid qilish
Mediapark'da iPhone 17 xarid qilib, siz mahsulotning asl nusxasiga, rasmiy kafolatiga va yuqori darajadagi xizmatga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Bizning do‘konlarimiz qulay muddatli to‘lov shartlarini, muntazam aksiyalar va chegirmalarni taklif qiladi. Mediapark'da siz professional maslahat va kerakli modelni tanlashda yordam olasiz, tezkor yetkazib berish esa xaridni maksimal darajada qulay qiladi.
iPhone 17 modellar qatori
Mediapark'da butun iPhone 17 seriyasi taqdim etiladi:
- iPhone 17 — kundalik vazifalar uchun bazaviy model.
- iPhone 17 Air — Apple tarixidagi eng yengil va eng yupqa iPhone.
- iPhone 17 Pro — kamera imkoniyatlari kengaytirilgan professionallar uchun model.
- iPhone 17 Pro Max — eng katta ekran va maksimal unumdorlikka ega top variant.
iPhone 17 uchun aksessuarlar
Mediapark do‘konlarida original aksessuarlarning keng tanlovi mavjud: g‘iloflar, himoya oynalari, quvvatlash qurilmalari va kabellar. Ular qurilmani himoya qilishga va iPhone 17’dan foydalanishni yanada qulayroq qilishga yordam beradi.
Keling yoki saytimizdan eshikgacha yetkazib berish bilan buyurtma bering!