AUX konditsionerlari Toshkentda: maqbul narxlarda sifatli texnika
Toshkentda shahrida AUX konditsionerini hamyonbop narxda qayerdan xarid qilish mumkinligini izlayapsizmi? Katalogimizda taqdim etilgan barcha konditsionerlar va split-tizimlarga ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolati beriladi hamda O‘zbekiston bo‘ylab servis markazlarida xizmat ko‘rsatiladi.
AUX konditsionerlarining turlari
AUX konditsioner uskunalari qatori kvartiralar va xususiy uylar, savdo shoxobchalari va ofislar, mehmonxonalar va restoranlar, shuningdek, boshqa ko‘plab obyektlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan modellarning keng tanlovini o‘z ichiga oladi:
- o‘z-o‘zini tozalash funksiyasi va avtomatik ish rejimiga ega maishiy devoriy split-tizimlar;
- bir vaqtning o‘zida bir nechta xonaga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan multi-split tizimlar;
- turli ish rejimlariga ega, nostandart rejalashtirilgan yoki baland shiftli xonalar uchun mo‘ljallangan pol-shift turidagi modellar;
- osma shiftlarga o‘rnatiladigan, tijorat binolari uchun qulay bo‘lgan va havoni xona bo‘ylab bir tekis taqsimlaydigan kassetali konditsionerlar;
- osma shift ortiga o‘rnatiladigan yarim sanoat turidagi kanalli konditsionerlar va boshqalar.
Sotuvda an’anaviy hamda inverterli modellar mavjud.
AUX konditsioner tizimlarining xususiyatlari va afzalliklari
AUX konditsionerlari — zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, samarali, ishonchli va hamyonbop qurilmalar bo‘lib, quyidagi afzalliklarga ega:
- Ixcham o‘lcham va zamonaviy, sodda dizayn.
- Keng funksional imkoniyatlar va uzoq xizmat muddati — qurilmalar ko‘p yillar davomida barqaror va uzluksiz ishlashga mo‘ljallangan.
- Keng ish harorati diapazoni, bu konditsionerlardan turli hududlar va iqlim zonalarida foydalanish imkonini beradi.
- Inverterli kompressor hisobiga yuqori energiya samaradorligi.
- Past shovqin darajasi.
- Wi-Fi yoki masofadan boshqarish pulti orqali qulay boshqaruv.
- O‘rnatilgan filtrlar va havoni tozalash tizimlari — formaldegid filtri, kumush ionli filtr, IFD tizimi, havo ionizatori va boshqalar.
Mediapark.uz’da AUX konditsionerini xarid qilish
Mediapark.uz internet-do‘konida AUX konditsionerlarini 5,2 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha bo‘lgan narxlarda xarid qilishingiz mumkin (2026-yil sentabr holatiga ko‘ra). Xarid qilishdan oldin ehtiyojlaringizga eng mos modelni tanlash uchun internetdagi xaridorlar sharhlari, fotosuratlari va videolari bilan tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz.
Bizda muntazam ravishda foydali aksiyalar, chegirmalar va maxsus takliflar amal qiladi, shuning uchun tejash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Agar sizni bo‘lib to‘lash imkoniyati qiziqtirsa, 3 oydan 24 oygacha bo‘lgan sizga qulay muddatni tanlab, hamkorlarimiz — Uzum Nasiya, Payme Nasiya, Alif Nasiya, Variant va Open taklif qilayotgan shartlardan foydalanishingiz mumkin.