Mahsulot haqida qisqacha
Mahsulot hozir 2 ta savatda
Zaxirada 45 ta bor
Qulay va xavfsiz toʻlov
Go'sht maydalagich ARTEL MG 6350
ARTEL MG 6350 elektr go‘sht maydalagichi — kulrang korpusda ishlab chiqarilgan kuchli va ko‘p funksiyali oshxona qurilmasi bo‘lib, go‘sht va boshqa mahsulotlarni tez hamda sifatli maydalash imkonini beradi.
Model uy sharoitida foydalanish uchun juda qulay va taom tayyorlash jarayonini ancha yengillashtiradi.Qurilma ikki xil tezlik rejimi bilan jihozlangan bo‘lib, turli mahsulotlarga mos ravishda optimal ishlash darajasini tanlash imkonini beradi.
Ishlash jarayonida shovqin darajasi 85 dB dan oshmaydi, bu esa nisbatan qulay foydalanishni ta’minlaydi.To‘plam tarkibida turli diametrli 3 ta panjara (reshotka) mavjud bo‘lib, maydalash darajasini o‘zingiz xohlagancha sozlash imkonini beradi.
Bundan tashqari, qurilma sabzavot to‘g‘rash (ovoshrezka), qirg‘ich (terka), maydalagich (shinkovka), shuningdek kolbasa va kebbe tayyorlash uchun maxsus nasadkalar bilan jihozlangan. Bu esa uni universal oshxona yordamchisiga aylantiradi.
Xavfsizlik maqsadida qurilmada qizib ketishdan himoya va avtomatik o‘chish funksiyasi mavjud. Korpus ichida nasadkalarni ixcham saqlash uchun maxsus bo‘lim mavjud. Rezina bilan qoplangan sirpanmaydigan oyoqchalari esa ishlash vaqtida barqarorlikni ta’minlaydi.
Korpus yuqori mustahkam plastikdan tayyorlangan, lotok va shnek alyuminiydan, olinadigan pichoq esa zanglamaydigan po‘latdan ishlab chiqarilgan. Bu esa qurilmaning uzoq muddat xizmat qilishini kafolatlaydi.
ARTEL MG 6350 elektr go‘sht maydalagichini MEDIAPARK.UZ internet-do‘konida xarid qilishingiz mumkin.
* Texnik xususiyatlar va komplektatsiya ishlab chiqaruvchi tomonidan oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgartirilishi mumkin.
Olib ketish 1 ta Mediapark do'konidan. Ertaga va Bepul
90 daqiqada yetkazib beramiz buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin (Toshkent shahar)