Zaxirada 6 ta bor
Olib ketish 1 ta Mediapark do'konidan. Bugun va Bepul
90 daqiqada yetkazib beramiz buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin (Toshkent shahar)
Gaz plita Gefest 6300-02 0340
Gefest 6300-02 0340 oshxona Gaz plitaning choʻyandan yasalgan panjarasi ushbu modelning noyob xususiyatidir. U istalgan bosimga chidaydi va idish-tovoqlarni ishonchli qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydi. Panjaraning yuzasi poʻlatdan qilingan va yuqori chidamli emal bilan qoplangan, bu esa uni tozalash jarayonini osonlashtiradi – uni nam latta bilan artish kifoya.
Plita konstruksiyaida bir vaqtning oʻzida bir nechta taom tayyorlashga imkon beradigan turli diametrdagi 4 ta konforka koʻzda tutilgan. Ular oʻrtasidagi optimal masofa katta tova va qozonlarni bemalol qoʻyishga imkon beradi. Konforkaga gaz uzatish darajasi plitaning old panelida joylashgan burama mexanik ulagichlar yoradmida tartibga solinadi.
Ushbu modeldagi plita duxovkasining sigʻimi 52 litrga teng boʻlib, bu katta pirog yoki kurka kabi yirik hajmli taomlarni ham tayyorlashga imkon beradi. Elektr yondirgich funksiyasi gugurtdan foydalanishga ehtiyoj qoldirmaydi – olov yoqish uchun shunchaki tumblerni burash kifoya. Gazni nazorat qilish avtomatik tizimi olov oʻchib qolgan hollarda gaz uzatishni toʻxtatadi.
Plitaning quyi qismida idish-tovoq yoki boshqa oshxona anjomlarini qulay saqlash uchun ochiladigan quti mavjud. Bularning barchasi ushbu plitani oshxonada samarali va qulay pazandalik ishlari uchun ideal tanlovga aylantiradi.
Gefest 6300-02 0340 gaz plitasini MEDIAPARK.UZ internet doʻkonimizdan xarid qilishingiz mumkin.
*Mahsulotning texnik xususiyatlari va tegishli jihozlari ishlab chiqaruvchi tomonidan ogohlantirishsiz oʻzgartirilishi mumkin
Afsuski, hozirda bunday mahsulot yoʻq.