Zaxirada 2 ta bor
Olib ketish 1 ta Mediapark do'konidan. Bugun va Bepul
90 daqiqada yetkazib beramiz buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin (Toshkent shahar)
Gaz plitasi Gefest 6300-02 0347
Gefest 6300-02 0347 gaz piltasi olov oʻchib qolgan taqdirda gaz uzatishni zudlik bilan toʻxtatadigan gazni nazorat qilish avtomatik tizimi bilan jihozlangan. Bu plitadan foydalanish xavfsizligini taʼminlaydi.
Avtomatik elektr yondirgich funksiyasi gugurtdan foydalanishga ehtiyoj qoldirmaydi. Gazni yoqish uchun tumblerni burash kifoya. Bu qulay boʻlib, vaqt tejaydi.
Plitada turli diametrdagi 4 ta konforka koʻzda tutilgan boʻlib, butun oila uchun har xil taomlar tayyorlashga imkon beradi. Ular orasidagi optimal masofa katta kastryulka va tovalarni muammosiz oʻrnatish imkonini beradi. Gaz uzatish darajasi plitaning old panelida joylashgan burama mexanik ulagichlar yordamida tartibga solinadi.
Ushbu modeldagi plita duxovkasining sigʻimi 52 litrga teng boʻlib, bu katta pirog kabob yoki joʻja kabi yirik hajmli taomlarni ham tayyorlashga imkon beradi. Eshikni ochishga ehtiyoj qoldirmasdan taomning tayyorlik darajasini nazorat qilish imkonini beradigan duxovkadagi yoritgich yoqimli qoʻshimcha hisoblanadi.
Plitaning yuzasi yuqori chidamli emal bilan qoplangan boʻlib, bu uni tozalashni osonlashtiradi. Ifloslangan yuzalarni tozalash uchun nam latta bilan artish kifoya. Oʻrnatilgan taymer yordamida pishirish vaqtini belgilash, soʻngra ovozli signal bilan vaqtning tugagani haqida xabar berish taom tayyorlashda qulaylik va nazoratni taʼminlaydi.
Eng pastki qismida idish-tovoq va boshqa oshxona anjomlarini saqlash uchun maxsus quti mavjud. Komplekt tarkibiga tovuq-gril pishirish uchun katta six, tunuka tova va ikkita panjara kiradi.
Gefest 6300-02 0347 gaz plitasini MEDIAPARK.UZ internet doʻkonimizdan xarid qilishingiz mumkin.
*Mahsulotning texnik xususiyatlari va tegishli jihozlari ishlab chiqaruvchi tomonidan ogohlantirishsiz oʻzgartirilishi mumkin
Afsuski, hozirda bunday mahsulot yoʻq.