Mahsulot hozir 4 ta savatda
Zaxirada 10 ta bor
Olib ketish 1 ta Mediapark do'konidan. Bugun va Bepul
90 daqiqada yetkazib beramiz buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin (Toshkent shahar)
Gaz plitasi Gefest 6300-03 0046
Gefest 6300-03 0046 plitasida gaz uzatishni boshqarish old panelda joylashgan burama mexanik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Olov oʻchib qolgan taqdirda gazni nazorat qilish avtomatik tizimi xavfsizlikni taʼminlab zudlik bilan gaz uzatishni toʻxtatadi.
Avtomatik elektr yondirgich tufayli gazni yoqish uchun gugurtdan foydalanishga ehtiyoj qolmaydi – tumblerni burashning oʻzi kifoya. Plitada turli diametrdagi 4 ta konforka koʻzda tutilgan boʻlib, ular orasidagi optimal masofa katta kastryulka va tovalarni muammosiz oʻrnatish imkonini beradi.
Gaz plitasi duxovkasining hajmi 52 litr, bu kabob, tovuq-gril yoki katta pirog kabi taomlarni pishirish uchun yetarli. Duxovka taomlarning tayyorlik darajasini kuzatib borishga imkon beradigan yoritgich bilan taʼminlangan.
Plitaning yuzasi juda mustahkam emal bilan qoplangan boʻlib, uni nam latta bilan tozalash oson. Plita shuningdek, taomni pishirish vaqtini boshqarish uchun oʻrnatiladigan taymer bilan jihozlangan. Belgilangan vaqt tugashi bilan qisqa signal sizni xabardor qiladi.
Eng pastki qismida idish-tovoq va boshqa oshxona anjomlarini saqlash uchun maxsus quti mavjud. Komplekt tarkibiga tovuq-gril pishirish uchun katta six, tunuka tova va ikkita panjara kiradi.
Gefest 6300-02 0046 gaz plitasini MEDIAPARK.UZ internet doʻkonimizdan xarid qilishingiz mumkin.
*Mahsulotning texnik xususiyatlari va tegishli jihozlari ishlab chiqaruvchi tomonidan ogohlantirishsiz oʻzgartirilishi mumkin
Afsuski, hozirda bunday mahsulot yoʻq.