Mahsulot hozir 3 ta savatda
Qulay va xavfsiz toʻlov
Qahva mashinasi Bosch TIS65621RW Vero Barista 600
Bu to‘liq avtomatik qahva mashinasi bo‘lib, faqat bir tugmani bosish orqali turli xil qahvalarni tayyorlash imkonini beradi. Espresso, espresso makkiato, qahva, kapuchino, latte makkiato va cafe latte, shuningdek Americano, Flat White va Cafe Cortado ichimliklarini tayyorlash mumkin.
Bu moslama bir vaqtning o‘zida ikki chashka qahvani tez va qulay tayyorlaydi va vaqtini qadrlaydigan foydalanuvchilar uchun ayni muddao. Shuningdek, foydalanuvchi 4 ta sevimli ichimlikni xotirada saqlab qo‘yishi mumkin. Qahva mashinasi chashka yoritgichi va SensoFlow tizimiga ega bo‘lgan aqlli isitgich orqali yuqori darajadagi qulaylikni
hamda ideal haroratda qaynatishni ta’minlaydi.
CoffeeComfort Display sensorli paneli orqali siz qahva va sutli ichimliklarni osonlik bilan tanlab va tayyorlashingiz mumkin. Chashka hajmi sozlanadi, 5 darajali damlash rejimi va Brita suv filtri ichimlik ta’mini yanada mukammallashtiradi. AromaDouble Shot funksiyasi orqali esa kuchli va boy aromatli qahva tayyorlash mumkin. Ichimlik haroratini va sut bilan espresso nisbatini alohida sozlash imkoniyati ham mavjud.
Qahva mashinasi moslashuvchan sut tizimi bilan jihozlangan: siz maxsus sut idishini ulashingiz yoki oddiy paketdagi sutdan foydalanishingiz mumkin. Qulay foydalanish uchun qurilma ichida qisqacha foydalanuvchi qo‘llanmasi mavjud. Bundan tashqari, suv yoki qahva tugaganda ogohlantirish beradi va 1,7 litrli olinadigan suv idishiga ega.
Bosch TIS65621RW qahva mashinasini MEDIAPARK.UZ onlayn-do‘konidan xarid qilishingiz mumkin.
Texnik xususiyatlar va to‘plam ishlab chiqaruvchi tomonidan oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgartirilishi mumkin.
Olib ketish 1 ta Mediapark do'konidan. Ertaga va Bepul
90 daqiqada yetkazib beramiz buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin (Toshkent shahar)