Mahsulot hozir 3 ta savatda
Qulay va xavfsiz toʻlov
Changyutgich Bosch BWD421PRO
Bosch BWD421PRO changyutgichi — bu tozalash ishlarini tez va samarali amalga oshiradigan kuchli maishiy texnika vositasi. Uning ixcham o‘lchamlari, yuqori so‘rish kuchi, chang yig‘uvchi xaltachalarning yo‘qligi va engil og‘irligi tufayli uydagi oddiy ishlar ham maroqli mashg‘ulotga aylanadi.
Bosch BWD421PRO changyutgichi tarkibiga nam tozalash uchun mo‘ljallangan turli aksessuarlar kiradi. Endilikda siz birgina qurilma bilan gilamlar va yumshoq mebel qoplamalarini yuvishingiz, to‘kilgan suyuqlikni yig‘ishingiz, qattiq pollar va gilamlarni tozalashingiz mumkin. Parket kabi nozik qoplamali pol yuzalariga ehtiyotkorlik bilan muomala qilish zarur.
Tabiiy tolalardan tayyorlangan yumshoq cho‘tka yordamida nozik yuzalarni muloyim va puxta tozalash mumkin.
Katta 5 litrlik suv konteyneri tufayli suvni tez-tez almashtirmasdan uzoq vaqt tozalashni davom ettirishingiz mumkin. Zarurat tug‘ilganda suv konteynerini oson ajratib olish va tozalash mumkin.
HEPA filtri 99,95% zararli zarrachalar va bakteriyalarni ushlab qoladi. Filtrni yuvish mumkin — bu esa uni almashtirishga qo‘shimcha xarajatlar bo‘lmasligini anglatadi.
Bosch BWD421PRO changyutgichini MEDIAPARK.UZ onlayn-do‘konimiz orqali xarid qilishingiz mumkin.
*Texnik xususiyatlar va to‘plam tarkibi ishlab chiqaruvchi tomonidan ogohlantirilmasdan o‘zgartirilishi mumkin.
Olib ketish 1 ta Mediapark do'konidan. Bugun va Bepul
90 daqiqada yetkazib beramiz buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin (Toshkent shahar)