Mahsulot haqida qisqacha
Qulay va xavfsiz toʻlov
Sitrus sharbat chiqargich Smeg CJF11BLEU
Smeg CJF11BLEU — bu sitrus mevalar uchun moʻjaz sharbat siquvchi boʻlib, u oʻzida 50-yillarning italyan dizayni va zamonaviy texnologiyalarni mujassam etadi. Uning yaltiroq qora korpusi xromli bezaklari bilan nafaqat oshxona anjomiga, balki interyerdagi haqiqiy bezakka aylanadi.
Qurilma qudratli 70 vattli motor bilan jihozlangan boʻlib, meva konusga engil bosilganda avtomatik tarzda ishga tushadi. Zanglamas poʻlatdan yasalgan universal konus kichik limondan tortib katta apelsin va greypfrutlargacha barcha sitruslarga mos keladi. Poʻlat filtr sharbatni bir xil qiladi va donachalarni ushlab qoladi, tomchilamaydigan buruncha esa stolni chayqalishlardan himoya qiladi.
Ishlab chiqaruvchi ekologik toza Tritan™ Renew materialidan foydalanadi — u BPAʼsiz, zarbalarga chidamli va tozalashda oson. Qopqogʻini mevalar uchun idish yoki poʻstloqlarni saqlash uchun ham ishlatish mumkin. Quvlaylik uchun sirpanmaydigan oyoqchalar va shnurni bazaga yashirish tizimi mavjud. Uning ixcham oʻlchamlari uni istalgan oshxonaga joylashtirish imkonini beradi, premium materiallar esa uzoq xizmat kafolatlaydi.
Smeg CJF11BLEU bilan siz faqat yangi siqilgan sharbat emas, balki taʼm, uslub va sogʻligʻingizga gʻamxoʻrlik bilan toʻldirilgan kichik kundalik marosimga ega boʻlasiz.
Smeg CJF11BLEU sitrus sharbat chiqargichini MEDIAPARK.UZ internet-do‘konimizda xarid qilishingiz mumkin.
*Xususiyatlar va komplektatsiya ishlab chiqaruvchi tomonidan oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgartirilishi mumkin.
Olib ketish 1 ta Mediapark do'konidan. Ertaga va Bepul
90 daqiqada yetkazib beramiz buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin (Toshkent shahar)