Olib ketish 1 ta Mediapark do'konidan. Bugun va Bepul
90 daqiqada yetkazib beramiz buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin (Toshkent shahar)
Sovutgich Midea MDRB471MGF01O
Midea MDRB471MGF01O – mahsulotlarni saqlash uchun zamonaviy yechim bo‘lib, umumiy foydali hajmi 346 litrni tashkil qiladi. Ajratilgan sovutgich va muzlatgich kameralari No Frost texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, devorlarda yoki mahsulotlarda muz hosil bo‘lishining oldini oladi hamda qo‘lda eritishga hojat qolmaydi. Multi Air Flow tizimi sovuqni barobar taqsimlaydi va barqaror haroratni ta’minlaydi.
0 °C haroratli yangi mahsulotlar zonasi go‘sht, baliq, sabzavot va mevalarni toza saqlash uchun mo‘ljallangan. Ichki devorlardagi antibakterial qoplama bakteriyalar va yomon hidlarning paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi.
Elektr uzilishi vaqtida sovuqni 15 soatgacha saqlaydi. “Supermuzlatish” funksiyasi mahsulotlarni tez sovutib, ularning ta’mi va foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.
Eshikdagi polichkalar balandligini o‘zgartirish mumkin, tashqi sensorli panel esa ish rejimlarini oson boshqarishga yordam beradi.
Midea MDRB471MGF01O sovutgichi MEDIAPARK.UZ internet doʻkonimizdan xarid qilishingiz mumkin.
*Mahsulotning texnik xususiyatlari va tegishli jihozlari ishlab chiqaruvchi tomonidan ogohlantirishsiz oʻzgartirilishi mumkin.
Afsuski, hozirda bunday mahsulot yoʻq.