Mahsulot haqida qisqacha
Mahsulot hozir 1 ta savatda
Zaxirada 2 ta bor
Qulay va xavfsiz toʻlov
Dazmol Tefal FV9835E0
Tefal FV9835E0 bug‘li dazmoli yordamida siz har qanday, hatto zich matolarni ham osongina dazmollashingiz mumkin. Doimiy bug‘ chiqarish rejimi dazmollash jarayonini bir necha barobarga tezlashtiradi. Zarurat tug‘ilganda bu funksiyani o‘chirib qo‘yish yoki suyuqlik sarfini maksimal darajagacha – daqiqasiga 55 g – oshirish mumkin. Murakkab tuzilishga ega matolar, qattiq burmalar va buklamalarni tekislash uchun 240 g kuchli bug‘ zarbasi ko‘zda tutilgan.
Aylanadigan kabel biriktiruvchi bo‘g‘im tufayli elektr simining tag qismida chigallashuvi oldi olinadi.
Ushbu modelning quvvati 3000 Vt bo‘lib, u bir necha soniya ichida qizib ketadi. Durilium Airglide tagligi har qanday mato turi bo‘ylab bemalol sirpanchiq harakat qiladi, matoni tirnash yoki kuydirmaydi. Tor burun qismi, masalan, tugmalar atrofidagi noqulay joylarga bemalol yetib boradi. O‘z-o‘zini tozalash funksiyasi suv idishida ohak cho‘kmasi hosil bo‘lishining oldini olib, qurilmaning ishlash muddatini uzaytiradi. “Tomchi to‘xtatuvchi” tizim esa bug‘ chiqaruvchi teshiklardan suv oqib chiqishini va natijada kiyimda dog‘lar qolishini bartaraf etadi.
Tefal FV9835E0 dazmolini MEDIAPARK.UZ internet do‘konimizda xarid qilishingiz mumkin.
*Xarakteristikalar va komplektatsiya ishlab chiqaruvchi tomonidan ogohlantirmasdan o‘zgartirilishi mumkin.
Olib ketish 1 ta Mediapark do'konidan. Ertaga va Bepul
90 daqiqada yetkazib beramiz buyurtmani rasmiylashtirgandan keyin (Toshkent shahar)