Samsung Galaxy A13, A14, A15 smartfonlari Toshkentda yetkazib berish bilan
Qimmat bo‘lmagan Samsung smartfonini sotib olishni rejalashtiryapsizmi, lekin model turi haqida qaror qabul qila olmayapsizmi? Mediapark.uz internet do‘koni katalogida taqdim etilgan Galaxy A13, A14, A15 smartfonlar qatoriga e‘tibor qarating. Foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, bu yorqin displey, mukammal samaradorlik va uzoq vaqt avtonom ishlashni ta’minlaydigan yaxshi batareyaga ega ishonchli va qulay qurilmalardir. Bizda barcha xaridlar uchun 3% keshbek, shuningdek, chegirmalar, aksiyalar va maxsus takliflar mavjud. To‘lovni naqd pulda (12% chegirma bilan) yoki plastik karta orqali amalga oshirish mumkin.
Nima uchun Galaxy A13, A14 yoki A15 smartfonini xarid qilish kerak?
Ushbu Samsung Galaxy telefonlari iste’molchilar orasida juda ommabop modellar bo‘lib, ular quyidagi xususiyatlarga ega:
1. A13 – bu minimal dizayn, kontrastli displeyi, brendning 8 yadroli protsessori va tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 5000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega samarali “asosiy” smartfon. Qurilma diagonali 6,6 dyuym va FHD+ katta ekraniga, shuningdek, 50 Mp sifatli kameraga ega.
2. A14 – eng ommabop va hamyonbop smartfonlardan biridir. Model FullHD+, keng ko‘rish burchaklariga va ranglarning mukammal takrorlanishiga ega sifatli IPS displeyga ega. A14 – smartfonining muhim afzalligi – bu avtonomlik: 30 soatlik suhbat rejimi va 9 soatdan ko‘proq yoniq ekranda ishlash qobiliyati. Uch modulli kamera esa maksimal 50 Mp sifatda tasvirlarni suratga oladi.
3. A15 – kundalik foydalanish uchun o‘rta darajadagi byudjet segmentidagi telefon bo‘lib, 6,5 dyuymli FullHD+ Super AMOLED ekrani, ko‘plab zamonaviy o‘yinlarni qo‘llab-quvvatlashga qodir 8 yadroli protsessor va 50 megapikselli yaxshi kamera bilan jihozlangan, bu hatto yorug‘lik past bo‘lganda ham aniq suratga olish imkonini beradi. Modelda 5000 mA/soat sig‘imli batareya mavjud, u tezkor zaryadlash xususiyatiga ega hamda aralash tarzda faol foydalanish rejimida 15 soatdan ortiq batareya quvvatini ta’minlay oladi.
Mediapark.uz saytida siz Samsung Galaxy A13, A14 yoki A15 smartfonlarini hamyonbop narxlarda va Toshkentda yetkazib berish bilan buyurtma qilishingiz mumkin. Barcha qurilmalar ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolatiga ega va O‘zbekiston bo‘ylab servis markazlarida texnik qo‘llab-quvvatlanadi. Muddatli to‘lov kerakmi? Solfy, Uzum Nasiya, AnorBank, Alif Nasiya, inTend, Iman va Open kompaniyalari tomonidan taqdim etiladigan takliflar va shartlarni tanlab, ushbu xizmatlarning biridan foydalanishingiz mumkin.