Xiaomi smartfonlari: eng talabgor modellar Mediapark.uz’da
Xiaomi smartfonlari qatoridagi yangi mahsulotlar sizni qiziqtiradimi? Mediapark.uz orqali keng assortiment bilan tanishing va eng yaxshi narxda kerakli xususiyatga ega bo‘lgan modelni tanlang. Siz xaridni naqd pul orqali 12% chegirma bilan yoki plastik karta yordamida to‘lashingiz mumkin, shuningdek, bizda mavjud yetti kompaniyadan birining o‘zingiz uchun maqbul sharoitlarni tanlab, 3 oydan 24 oygacha bo‘lgan davrda muddatli to‘lov asosida xarid qilishingiz mumkin. Barcha qurilmalar ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolatiga ega va O‘zbekiston bo‘ylab servis markazlarida texnik qo‘llab-quvvatlanadi.
Nima uchun Xiaomi smartfonini xarid qilishingiz kerak?
Xiaomi telefonlari nostandart imkoniyatlari bilan mashhur, ularning aksariyati dasturiy ta’minot darajasida amalga oshiriladi va faqat ushbu brend qurilmalari uchun mavjud bo‘ladi. Ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqing:
1. IK-port. Bu Xiaomi smartfonlarining o‘ziga xos “fishkasi” bo‘lib, u sizga smartfonlardan maishiy texnika uchun universal masofadan boshqarish pulti sifatida foydalanish imkonini beradi.
2. MIUI qobiq. Tizim o‘ziga Google uslubi, iOS qulayligi va yetakchi foydalanuvchilar uchun boy xususiyatlarni birlashtiradi. Xususan, shriftlarning turi va hajmini sozlash, tugmalarning ish maqsadini o‘zgartirish, ular uchun qo‘shimcha xususiyatlarni kiritish, batareyaning energiya sarfini cheklash va h. k.
3. Ikkinchi bo‘shliq. Xiaomi smartfonlarida siz o‘zingizning fayllaringiz, sozlamalaringiz, ilovalaringiz va hatto shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘z ichiga olgan qo‘shimcha profil bilan qo‘shimcha joy yaratishingiz mumkin. Ikkinchi bo‘shliqqa kirish uchun har safar parolni kiritishingiz kerak bo‘ladi.
4. Ilovalarni klonlash. Bitta dasturda ikkita akkauntdan foydalanadiganlar uchun muhim variant.
5. Har qanday sifatdagi fotosurat yoki tasvirdagi matnni aniqlash. Ushbu xususiyat sizga bosma hujjatlarni raqamlashtirish, matnni boshqa tildan tarjima qilish, O‘qilgan hujjatlar bo‘yicha eslatmalar yaratish va boshqa imkoniyatlarni taqdim etadi.
Bundan tashqari, Xiaomi turli xil talablar va xarid qobiliyatiga mos keladigan smartfonlarning katta tanlovini taklif etadi:
- Xiaomi – flagmanlar, o‘rta diapazonli qurilmalar, innovatsion modellar;
- Redmi – byudjet va o‘rta byudjetli segmentdagi smartfonlar;
- POCO – yuqori mahsuldorlik va optimal ishlash va narx nisbatiga ega qurilmalar;
- Black Shark – kuchli o‘yin smartfonlari.
Xiaomi smartfonini Toshkentda sotib oling
Mediapark.uz orqali Xiaomi smartfoniga buyurtma bering. Narxlar 1,2 dan 15,3 million so‘mgacha (ma’lumot, 2024-yil may oyi holati bo‘yicha), 3% keshbek va bizning aksiyalarimiz, chegirmalarimiz va maxsus takliflarimizdan, shuningdek, buyurtmani shahringizga bepul yetkazib berish xizmatidan foydalaning! Masalan, Xiaomi’ning quyidagi yangi mahsulotiga e’tibor bering – Redmi Note 13 Pro alyuminiy korpusda, ekran diagonali 6,67 dyuymli aniq, kontrastli AMOLED ekranga ega, Corning Gorilla Glass Victus tomonidan shikastlanishlardan ishonchli himoyalangan. Model 8 yadroli MediaTek Dimensity 7200 Ultra protsessoriga ega bo‘lib, tizimning tezkor ishlashini ta’minlaydi, yuqori sifatli asosiy kamera 200+8+2 va ikkita LED yoritgichi, Stereo karnaylar hamda 5000 mA/soat batareyali tezkor zaryadlash xususiyatlariga ega.